16:00 / 27.06.2021
10513

LG muzlatgichlarini xarid qilish bo‘yicha qo‘llanma: uyingiz uchun ideal muzlatgichlarni tanlang

Muzlatgich oshxonadagi maishiy texnikalar orasida eng asosiy elementlardan biri hisoblanadi. Har bir uy bekasi uchun samarali va foydali funksiyalarning mavjudligi juda muhimdir, shu sababli texnikani tanlash jarayoniga mas'uliyat bilan yondoshish kerak bo‘ladi. LG Electronics (LG) kompaniyasi dunyo bo‘ylab millionlab xaridorlarning ko‘nglini zabt etgan holda uy uchun texnikalarga ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarni yaratishda yetakchi pog‘onani egallab turibdi.

Sizlarni texnologiyalar olamiga sho‘ng‘ishga va foydalanuvchilar tomonidan munosib baholangan LG muzlatgichlarining eng mashhur modellari bilan yaqinroq tanishishga taklif etamiz.

Pastgi muzlatgich kamerali LG DoorCooling+™ muzlatgichi

O‘tgan yilda LG Electronics kompaniyasi DoorCooling+™ sovutish texnologiyasiga ega bo‘lgan muzlatgichlar liniyasini taqdim etdi. Eshiklarni sovutishning mukammal texnologiyasi tufayli muzlatgich ichki maydoni 32 foizga tezroq va bir maromda sovutiladi va bu esa mahsulotlarni yanada uzoqroq saqlashga yordam beradi. Ko‘plab muzlatgichlar sovuq havoni faqat orqa paneldan yuborgani uchun harorat zonalarga qarab farqlanadi: qayerdadir yuqoriroq harorat, qayerdadir pastroq. Mazkur muzlatgichda Multi Air Flow ko‘p oqimli sovutish tizimi tufayli orqa devordan keluvchi sovuq havo oqimi tokchalarni sovutish holatini bir maromda kechishini ta'minlaydi, DoorCooling+™ texnologiyasi bilan esa muzlatgich ichki qismida, hattoki, eshik bo‘linmalarida ham doimiy haroratli to‘g‘ri ekotizim paydo bo‘ladi va bu o‘z navbatida mahsulotlar uzoq vaqtgacha o‘z ta'mini saqlab qolishiga yordam beradi. Muzlatgichning optimal hajmi va minimalistik dizayni uni devor yaqiniga qo‘yish yoki oshxonaning eng tor burchagiga qo‘yishsha imkon beradi. Shunday bo‘lsa ham, texnika eshiklari 90 darajada ochila oladi, qutilari esa oson harakatlanadi.

Yuqori muzlatgich kamerali LG DoorCooling+™ sovutgichlari

LG muzlatgichlari katta miqdordagi mahsuotlarni saqlashga imkon beradi, shu bilan birga ularni balandligi, og‘irligi, hajmi, foydalanish chastotasiga qarab saralab qo‘yish mumkin. Ko‘p kishilik oilalar uchun yuqori muzlatgich kamerali LG DoorCooling+™ sovutgichi ajoyib tanlov bo‘lab oladi. Tajribali uy bekalari ham doim mahsulotlarni saqlashda ularning mutanosibligini hisobga olish lozimligini juda yaxshi bilishadi. Foydalanuvchilarga qulaylikni oshirish maqsadida muzlatgichlarda juda ham oddiy bo‘linmalar o‘rnatilgan bo‘lib, ularga hattoki baland va katta hajmli idishlarni ham qo‘yish mumkin. Mahsulotlarni yanada uzoqroq va sifatliroq saqlash uchun Hygiene Fresh+ texnologiyasi – intellektual havo filtri ishlab chiqilgan bo‘lib, bakteriyalarni 99,999 foizgacha yuq qiladi, shuningdek, muzlatgichdagi yoqimsiz hidlarni ham neytrallashtiradi. Kattalashtirilgan hajmdagi muzxona kamerasi muzlatib qo‘yish zarur bo‘lgan barcha mahsulotlarni joylashtirishga imkon beradi. LG ThinQ bilan tezroq va qulayroq boshqaruv esa hatto uyda bo‘lmagan vaqtingizda ham, smartfon orqali haroratni boshqarish, gigiyenik filtr ishini faollashtirish va muzlatgichnining diagnostikasini o‘tkazishingizga yordam beradi.

LG InstaView Door-in-Door muzlatgichi

LG InstaView Door-in-Door modeli o‘zida zamonaviy texnologiyaning barcha afzalliklarini namoyish etgan bo‘lib, aynan shu sababli ham dunyo bo‘ylab milliondan ortiq iste'molchilarning favoritiga aylandi. Shubhasiz, asosiy afzalligi materiallarning yuqori sifati, ishonchli xizmat va o‘zgacha uslubdagi dizayn hisoblanadi. LG InstaView Door-in-Door bilan har safar muzlatgichni ochib, mahsulotlar holati va ularni harid qilish zaruriyatini tekshirishga hojat qolmaydi. Uning innovatsion eshiklarini ikki marotaba taqillatish kifoya va shisha eshiklar shaffof holatga aylanadi. Bundan tashqari, modelda Hygiene Fresh+ 5 bosqichli innovatsion intellektual havo filtri o‘rnatilgan bo‘lib, oziq-ovqat buzilishiga sabab bo‘luvchi ko‘p omillarni bartaraf etadi: chang, zamburug‘ sporalari, nordon, ishqoriy hidlar va bakteriyalar. Ushbu barcha funksiyalar iste'molchilar salomatligi haqida qayg‘urish va hayot tarzi sifatini yaxshilash maqsadida ishlab chiqilgan.

Sayt: lgblog.uz

Instagram: @lguzbekistan

Reklama huquqi asosida

Top