16:00 / 28.06.2021
32021

Issiq-Ko‘lda dam olishni rejalashtiramiz

Asialuxe Travel milliy turoperatori qanday qilib Issiq-Ko‘lga ortiqcha to‘lovlarsiz tashrif buyurish va u yerda butun oila nima bilan shug‘ullanishi mumkinligi haqida aytib beradi.

Issiq-Ko‘l bu qanday ko‘l?

Issiq-Ko‘l – bu Qirg‘izistonda joylashgan ko‘l. Ko‘l hech qachon muzlamaydi, hatto juda sovuq bo‘lganida ham, shu sababli, u qirg‘iz tilidan tarjima qilinganda «issiq ko‘l» ma'nosini beradi. Ko‘l kattaligi bo‘yicha dunyoda Kaspiy dengizidan keyin ikkinchi tuzli ko‘l hisoblanadi, tozaligi bo‘yicha esa Baykal ko‘lidan keyingi o‘rinda turadi.

U yerga qanday qilib yetib olish mumkin?

Asialuxe Travel milliy turoperatori 11 iyuldan Toshkent – Tomchi (Issiq-Ko‘l) – Toshkent yo‘nalishida to‘g‘ridan-to‘g‘ri charter reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Qulay Uzbekistan Airways avialaynerlarida u yerga bor-yo‘g‘i 1,5 soatda yetib olishingiz mumkin. Reyslar Toshkentdan yakshanba kunlari jo‘nab ketadi va xalqaro Tomchi aeroportida ko‘l qirg‘og‘iga qo‘nadi.

Issiq-Ko‘lga borish uchun qanday hujjatlar kerak?

Agar sayyoh 60 kungacha bo‘lgan muddatga kelgan bo‘lsa, Qirg‘izistonda O‘zbekiston fuqarolari uchun viza kerak emas. Yo‘lovchiga bor-yo‘g‘i xorijga chiqish pasporti va uchishdan oldin 72 soat ichida olingan salbiy natijaga ega PZR-test javobi kerak.

Qayerda to‘xtagan ma'qulroq?

Issiq-Ko‘l qirg‘og‘ida yashash uchun joylar ko‘p: har qanday did va budjetga to‘g‘ri keladigan shinam pansionat va sanatoriyalardan boshlab ajoyib besh yulduzli mehmonxonalargacha. Qayerda to‘xtasangiz ham, sizni ajoyib tabiat kutib oladi: barcha mehmonxona va pansionatlarda o‘simliklar, ignabargli daraxtlarga ega o‘rmonlar va gullar ko‘p, shuningdek, xususiy plyaj va basseyn, xonadan tashqariga ajoyib ko‘rinish va eng toza tog‘ havosidan ham bahramand bo‘lishingiz mumkin!

Issiq-Ko‘lda dam olish qanchaga tushadi?

Issiq-Ko‘lni ko‘pchilik narx va sifatning uyg‘unligi uchun yaxshi ko‘radi. Ikki kishilik xonada yashash sharti bilan bir kishi uchun bir haftalik to‘laqonli dam olish narxi 3,7 mln so‘mdan boshlanadi. Yo‘llanma aviachiptalar, aeroportdan mehmonxonagacha va mehmonxonadan aeroportgacha bo‘lgan transfer, ikki kishilik xonada yashash, uch martali ovqatlanish va COVID-19 uchun sug‘urtani o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha xarajatlarga kelsak, sovg‘alar, o‘yin-kulgi va shoping uchun o‘zingizga kerakli mablag‘ni olib borishingiz kifoya.

Issiq-Ko‘lda plyaj qanday?

Bu yerda yumshoq qum va mayda toshlar yotqizilgan 600 kilometrli plyajlar bor. Suv juda tiniq va yoz o‘rtalarida Tselsiy bo‘yicha 20 darajagacha isiydi. Hudud yaxshi obodonlashtirilgan: dush, kiyim almashtirish joylari, pirs, shezlon va dam olish uchun chodirlar.

Sog‘likni qayerda yaxshilash mumkin?

Issiq-Ko‘l o‘zining shifobaxsh xususiyatlari bilan taniqli. Ayrim pansionatlar issiq buloqlar, mineral suvlar, loyli muolajalarga ixtisoslashtirilgan.

COVID-19 bilan kasallangan bo‘lsangiz, ko‘lga tashrif buyurish sog‘likni tiklash uchun ajoyib qaror bo‘ladi. Toza tog‘ havosi va ko‘l shabadasi immunitetni tiklash va mustahkamlashga yordam beradi.

Ko‘lda nima bilan shug‘ullanish mumkin?

Plyajda ko‘plab attraksionlar mavjud. Katamaran yoki skuterda uchish, akvaparkka borish yoki atrofni tomosha qilishingiz mumkin.

Bundan tashqari, Issiq-Ko‘lda baliq tutish mashg‘uloti juda faol. Bu yerda forel, chebak, sig, leshch, sudak, sazan va karp baliqlarini tutsangiz bo‘ladi. Adrenalin olish uchun paraplanda ko‘l ustida uchish va gidrosiklda sayr qilish mumkin. Dayving muxlislari esa suv tubiga tushib, o‘tgan sivilizatsiya qoldiqlarini o‘rganishlari mumkin.

Yo‘llanmalarni qayerda maksimal darajada foyda bilan band qilish mumkin?

Asialuxe Travel milliy turoperatorining mahsulotlari, ya'ni Issiq-Ko‘lga bo‘lgan turistik to‘plamlarni O‘zbekistonning barcha turistik kompaniyalaridan topishingiz mumkin. Shuningdek, siz www.asialuxe.uz sayti orqali mustaqil ravishda narxlar bilan tanishishingiz, mehmonxona tanlashingiz va tur band qilishingiz mumkin.

Issiq-Ko‘lga turistik to‘plamlarni xarid qilish uchun ushbu telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qiling: +99871 2017777

Asialuxe Travel – sizning milliy turoperatoringiz!

Manzil: Toshkent shahri, Said Baraka ko‘chasi, 24.

Sayt: asialuxe.uz

Telegram: t.me/asialuxe

Telegram'dagi qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Telegram'dagi qaynoq turlar o‘zbek tilida: t.me/asialuxe_qaynoqtur

Facebook: fb.com/asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel

Reklama huquqlari asosida

Top