08:32 / 29.06.2021
1567

Qidiruvdagi ota topildi, unga ma'muriy qamoq jazosi tayinlandi

MIB Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan farzandi moddiy ta'minotidan bo‘yin tovlab kelayotgan qarzdor ota topildi. 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman sudining 2014 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor H.S.dan undiruvchi S.H. foydasiga bir nafar farzandining moddiy ta'minoti uchun aliment undirish belgilangan edi. 

Mazkur ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga olingan va ota farzandi uchun moddiy ta'minot berib kelayotgan edi. 

Keyingi vaqtda aliment to‘lamagani sababli qarzdorlik oshib ketdi. Qarzdor ota berkinish payida bo‘ladi. Shu sababli unga nisbatan 2021 yil 18 fevral kuni qidiruv e'lon qilingandi.

Olib borilgan tezkor tadbir davomida qarzdor topildi va davlat ijrochisiga topshirildi. To‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha sudga yuborildi. 

O‘tkazilgan sud davomida unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi kodeksning tegishli moddasiga asosan 15 sutka ma'muriy qamoq jazosi qo‘llanildi.

Mavzuga oid
Top