17:10 / 02.07.2021
13185

Xitoy O‘zbekiston eksportida yetakchilik qilmoqda

Statqo‘m ma'lumotlariga ko‘ra, dastlabki besh oyda Xitoy O‘zbekiston eksportida yetakchilik qilmoqda.

Davlat statistika qo‘mitasi 2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekiston eksportida yuqori ulushga ega bo‘lgan hamkor davlatlar o‘nligini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, 835,4 mln dollarlik eksport bilan Xitoy birinchi pog‘onani egallagan. Shuningdek, Turkiya (694,1 mln) va Rossiya (658,6 mln) ro‘yxatning ikkinchi va uchinchi o‘rinlarini band qilgan.

Shu bilan birga, O‘zbekiston eksportidagi yetakchi davlatlar o‘nligidan quyidagilar o‘rin olgan:

-Qozog‘iston – 442,0 mln.

- Afg‘oniston – 296,3 mln.

- Qirg‘iz R. – 273,0 mln.

- Tojikiston – 153,8 mln.

- Kanada – 84,8 mln.

- Eron – 81,6 mln.

- Ukraina – 68,7 mln. AQSh dollari

2021 yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonning jami eksport hajmi 5,7 mlrd. AQSh dollariga teng bo‘lgan.

Avvalroq, Statqo‘m 2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 391 258ta tug‘ilish holati qayd etilib, hududlar kesimida eng ko‘p tug‘ilish Samarqand viloyatiga to‘g‘ri kelgani haqida xabar bergandi.

Top