16:22 / 07.07.2021
19956

“Zagranpasport”larni istalgan hududdagi “pasport stol”dan olish mumkin bo‘ldi

O‘zbekiston fuqarosi xorijga chiqish pasportlarini respublikaning istalgan hududidagi ichki ishlar bo‘limlari Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlari orqali olish imkoniyati yaratildi. Toshkent shahar ShIIBB MvaFRB bo‘lim boshlig‘i Sanjar Qosimov shu haqda ma’lum qildi.

“Hozirgi o‘zgarishlar, amalga oshirilayotgan ishlar hammasi fuqarolar uchun qilinmoqda. Avvallari identifikatsiya ID-kartalarini eksterritorial tamoyil asosida istalgan IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga murojaat qilgan holda olish mumkin edi. Ya’ni fuqaro doimiy ro‘yxatda Buxoroda bo‘lgani holda, bir muddatga Toshkent shahriga kelganida shu yerdagi tuman Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga uchrab, biometrik pasportini ID-kartaga almashtira olardi.

Endilikda, fuqarolarga yanada qulayliklar taqdim etish maqsadida qonunchilikka yana o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, xorijga chiqish biomerik pasporti, ya’ni xalq tilidagi “zagran pasport”ni ham istalgan IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limlariga uchrab, 10 kun ichida olib ketish imkoni taqdim etilmoqda”, - dedi Toshkent ShIIBB MvaFRB bo‘lim boshlig‘i Sanjar Qosimov Kun.uz’ga bergan intervyusida.  

Mavzuga oid
Top