12:22 / 08.07.2021
1785

Qarshida noqonuniy valuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlandi

Qarshi shahrida noqonuniy valuta savdosi bilan shug‘ullangan shaxs ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Qarshi shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.A. qonunga xilof ravishda valuta qimmatliklarini olish va o‘tkazish bilan shug‘ullanayotgani aniqlangan. U 48 ming Turkmaniston manatining har bir manatini 2 080 so‘mdan hisoblab, xaridorga 99,8 million so‘mga sotishga  kelishib, shundan 50 million so‘mini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid
Top