09:00 / 08.07.2021
13330

Telegramda @uzaqlbot intellektual loyihasi ishga tushdi

«Motivatsion kontent» MChJ tomonidan telegramda @uzaqlbot intellektual loyihasi ishga tushirildi.

Loyihada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan to‘liq o‘tish lozim. Ushbu @uzaqlbot telegram botida har oyda 5 ta viktorina o‘tkaziladi. Viktorinalarning savollarini topishda bilimlar va mantiqni ishlatish talab etiladi.

Bilim salohiyati yuqori bo‘lgan, viktorinalarda eng yuqori natijaga erishgan yoshlar qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadilar. Hozirda loyihaning ilk soni davom etmoqda. G‘olib bo‘lgan ishtirokchilar qimmatbaho noutbuk bilan taqdirlanishlari aytilgan.

Shuningdek, bitta viktorinada ishtirok etish uchun bir kishiga bir marta imkon beriladi. 20 ta savoldan iborat viktorina uchun esa 1 soat vaqt berilishi belgilangan.

Unutmang! Ushbu bot orqali bilimlar va mantiqni ishlatib javobini topuvchi savollardan iborat viktorinalar o‘tkaziladi. Eng yuqori natijaga erishganlar qimmatbaho sovg‘alar bilan mukofotlanadilar.

Reklama huquqi asosida

Top