17:56 / 09.07.2021
11606

XVJ dunyo mamlakatlariga 650 mlrd dollar mablag‘ni taqsimlab bermoqchi

Ushbu mablag‘lar mamlakatlarning pandemiyadan so‘ng tiklanishi uchun ajratiladi. Bu XVJ tarixidagi eng yirik mablag‘ taqsimlanishidir.

Xalqaro valuta jamg‘armasi ijroiya qo‘mitasi davlatlar o‘rtasida 650 mlrd dollar mablag‘ni taqsimlash to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Ushbu mablag‘lar mamlakatlarning pandemiyadan so‘ng tiklanishi uchun ajratiladi. Agar ushbu qaror XVJ kengashi tomonidan tasdiqlanadigan bo‘lsa, pullar yoz oxirigacha o‘tkaziladi, deb xabar berilmoqda XVJ saytida.

XVJning taqsimotchi direktori Kristalina Georgiyevaning ta'kidlashicha, mablag‘lar avgust oxirigacha taqsimlanadi.

Ajratilgan mablag‘lar barcha a'zo mamlakatlarning likvidligi va rezervlari oshishiga, ishonch mustahkamlanishi va jahon iqtisodiyoti barqarorligiga yordam beradi, deya qayd etiladi XVJ tomonidan.

Mavzuga oid
Top