00:34 / 10.07.2021
7143

Armanistonda karantin 20 dekabrgacha uzaytirildi

Foto: RIA "Novosti"

Armaniston hukumati koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq holda 2021 yil 11 iyulgacha joriy qilingan karantinni 20 dekabrgacha uzaytirdi. Bu haqda respublika vazirlar mahkamasi matbuot xizmati ma'lum qildi.

“Armaniston hududi va barcha chegaradagi o‘tkazish punktlarida 2020 yil 11 sentyabrdan 2021 yil 11 iyulgacha joriy qilingan karantin 2021 yil 20 dekabrgacha uzaytirilsin”, deb aytilgan hukumat qarorida.

Avvalroq Armaniston sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi Anait Avanesyan karantin zarur holatlarda cheklovlar kiritish uchun kerakligini aytgan. Uning ta'kidlashicha, Armanistonga PsR-test bo‘yicha kirish talabi ham karantin doirasida belgilanadi. Vazir, shuningdek, kuzda muayyan cheklovlar kiritilishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

Armaniston aholisi 2,9 mln kishidan oshadi. Hukumat yil oxirigacha 700 ming fuqaroni emlashni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Hozirda respublikada koronavirusga qarshi emlashda “Sputnik V”, AstraZeneca va CoronaVac vaksinalari qo‘llanmoqda.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top