19:18 / 10.07.2021
6690

Eron prezidenti mamlakatda koronavirusning beshinchi to‘lqini boshlanganini aytdi

Aprel boshlarida Eron hukumati mamlakatda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlanganini ma'lum qilgandi. 

Foto: Iranian Presidency Office via AP

Eronda koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yomonlashmoqda, kasallikning beshinchi to‘lqiniga duch kelganlik ehtimoli mavjud, dedi mamlakat prezidenti Hasan Ruhoniy.

"Janubiy va janubi-sharqiy tumanlarda koronavirusning "delta" shtammi tarqalishi holatlari kuzatildi. Mazkur shtamm boshqa viloyatlarga ham kirib keldi va vaziyat avvalgi haftalarga nisbatan sezilarli darajada yomonlashdi", - dedi u.

Ruhoniyning ta'kidlashicha, mamlakatda kuniga 500 ming fuqaroni emlash imkoniyati borligiga qaramasdan, virus tarqalishining oldini olish borasidagi tavsiyalarga rioya qilish zarur.

"Ehtimol, beshinchi to‘lqin boshlanib bo‘ldi", - dedi Eron prezidenti.

Aprel boshlarida Eron hukumati mamlakatda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlanganini ma'lum qilgandi. 

Eronda kasallik yuqtirganlar soni 3,3 million nafarga yetgan, 85,6 ming bemor vafot etgan.

Mavzuga oid
Top