09:10 / 12.07.2021
1771

Qoraqalpog‘istonning 8 ta tumanida suv ta'minotida uzilishlar yuzaga kelmoqda

Foto: KUN.UZ

«Qoraqalpoq suv ta'minoti» AJning xabar berishicha, Xo‘jayli, Shumanoy, Qo‘ng‘irot, Kegeyli, Chimboy, Qorao‘zak, Taxtako‘pir va Nukus tumanlarida vaqtincha suv ta'minotida uzilishlar bo‘ladi. 

Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga tegishli «Nur» stansiyasida yuzaga kelgan avariya bunga sabab sifatida ko‘rsatilgan.

Suv ta'minotidagi uzilishlar qachon bartaraf qilinishi haqida qo‘shimcha ma'lumot berilmagan. 

Oldinroq ham Nukusning ayrim hududlarida ichimlik suvi ta'minotida uzilishlar yuzaga kelgandi.

Top