16:47 / 13.07.2021
75161

Kosonsoyda sel odamlarni oqizib ketdi, 8 kishi halok bo‘ldi

13 iyul kuni Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida do‘l yog‘ishi ortidan kelgan sel odamlarni oqizib ketdi. FVV ma'lumotiga ko‘ra, 8 kishining jasadi topilgan, yana 6 kishi tabiiy ofatdan jabrlangan.

Foto: Namangan viloyati FVB matbuot xizmati

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Namangan viloyati Kosonsoy tumanida sodir bo‘lgan vaziyat yuzasidan birlamchi ma'lumot berdi.

«Bugun, 13 iyul kuni Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati hududida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida sel oqimlari hosil bo‘lgan. Ushbu sel oqimlari 13:35larda Namangan viloyati Kosonsoy tumani «Obod» MFY hududidan o‘tuvchi «Kosonsoy» soyidan oqib kelgan. 

Voqea joyiga viloyat FVB, IIB boshliqlari, Prokuratura organlari xodimlari chiqishgan hamda vaziyat nazoratga olingan.  

Hodisa oqibatida 8 nafar fuqaro vafot etgan, 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan», deyiladi vazirlik xabarida.

Hududda FVV qutqaruvchilari tomonidan qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda. Holat bo‘yicha dastlabki tergovoldi tekshiruv ishlari olib borilmoqda. 

Mavzuga oid
Top