Italiyaning 5 futbolchisi tarkibdan joy olgan.
UYeFA Yevropa chempionati yakunlariga ko‘ra, turnir ramziy jamoasini e'lon qildi.
Unga ko‘ra, Yevro-2020 ramziy jamoasidan Italiya milliy jamoasining 5 nafar, Angliyaning 3, Daniya, Belgiya, Ispaniya milliy jamoalarining 1 nafardan o‘yinchisi tarkibga kiritilgan.
UYeFA talqiniga ko‘ra, Yevro-2020 ramziy jamoasi:
Darvozabon: Donnarumma (Italiya)
Himoyachilar: Uoker (Angliya), Bonuchchi (Italiya), Maguayr (Angliya), Spinatssola (Italiya)
Yarimhimoyachilar: Jorjino (Italiya), Pedri (Ispaniya), Heyberg (Daniya)
Hujumchilar: Sterling (Angliya), Lukaku (Belgiya), Keza (Italiya).
Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionati finalida Italiya Angliya ustidan g‘alaba qozonib (1:1, 3:2 – penalti), turnir g‘olibiga aylandi.