19:08 / 21.07.2021
1633

Bugun Qoraqalpog‘istonning 4 ta tumanida «svet» o‘chishi mumkin

Bugun Qoraqalpog‘istonning Amudaryo, Beruniy, Ellikqal'a va To‘rtko‘l tumanlarida elektr energiyasi ta'minotida uzilishlar kuzatiladi. Bu haqda Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi Kun.uz'ga xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, “Taxiatosh IES” AJda avariya holati yuzaga kelgan. Shu sababli 21 iyul Qoraqalpog‘istonning barcha shahar va tumanlarida mahalliy hokimiyat bilan kelishgan holda «VeYeR» jadvali bo‘yicha «svet» o‘chadi. 

Yuqoridagi holat qachon bartaraf etilishi va «svet» qaysi vaqt oralig‘ida o‘chishiga oydinlik kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal'a tumanlarida 4 kun davomida elektr energiyasida uzilishlar kuzatilgandi.

Top