12:44 / 21.07.2021
2880

Samarqandda tarkibida oltin bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda toshlarini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlandi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida tarkibida oltin bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda toshlarini talon-toroj qilgan shaxslar aniqlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 17 iyul kuni huquqni himoya qilish organlari tomonidan «Qoraqo‘ton» kon boshqarmasiga qarashli va hokimiyat tasarrufida bo‘lgan yer osti va yer usti shaxtalaridan noqonuniy ravishda tarkibida oltin bo‘lishi mumkin bo‘lgan ruda toshlarini talon-toroj qilinishini oldini olish maqsadida, Paxtachi tumani "Qirguli" mahallasida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida bir guruh fuqarolarning yashash manzillari ko‘zdan kechirilganda, tumanining Qirguli mahallasida yashovchi R.Yo.ning uyidan tarkibida oltin bo‘lishi mumkin bo‘lgan, taxminiy og‘irligi 2 tonna, Q.N.ning uyidan taxminiy og‘irligi 2,5 tonna, B.D.ning uyidan 300 kilogramm, Q.M.ning uyidan ruda qumlarni yuvishga mo‘ljallangan moslama va 200 kilogramm ruda toshlari, Yu.R.ning uyidan 600 kilogramm, G‘.Shoxruzning uyidan ruda toshlarini qazib olish uchun ishlatilgan 6 dona perforatorlar borligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, aniqlangan ruda toshlari tegishli tartibda hujjatlashtirib olinib, ekspertiza tekshiruviga yuborilgan. Hozirda, aniqlangan holatlar yuzasidan Paxtachi tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top