15:41 / 23.07.2021
9843

Rossiya “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan hozircha chiqarmasligi ma'lum qilindi

Avvalroq toliblar Rossiyadan harakatni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni so‘ragandi.

Rossiya hukumati “Tolibon” harakatini taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishni rejalashtirmayapti. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma'lum qildi.

“Bu masalada hozircha yangilik yo‘q. Yangilik bo‘lganida xabar qilamiz”, — dedi Kreml vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “Tolibon” Afg‘onistonda mavjud qudratli kuch hisoblanadi. Peskovning qayd etishicha, Afg‘oniston hududida sodir bo‘layotgan barcha voqealar Moskva uchun muhim. Bundan tashqari, bu voqealar Rossiyaning hamkorlari, birinchi navbatda Tojikistonga nisbatan tahdid solmasligi kerak.

Avvalroq toliblar Rossiyadan harakatni sanksiyalar ro‘yxatidan chiqarishni so‘ragandi.

Harakatning Dohadagi siyosiy ofisi vakili Suhayl Shahinning ma'lum qilishicha, “Tolibon” Rossiya tomoni bilan harakatga nisbatan qo‘yilgan sanksiyalarni olib tashlash masalasini muhokama qilgan.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top