Qayd etilishicha, vaksina 12-17 yoshli bolalarda ham xuddi kattalardagi kabi antitanalar javobini hosil qilgan.
Yevropa dori vositalari agentligi (YeMA) Moderna kompaniyasining 12-17 yoshlilar uchun mo‘ljallangan vaksinasidan (nomi Spikevax deb o‘zgartirilgan) foydalanishga ruxsat berdi. Bu haqda agentlik saytida aytilmoqda.
Qayd etilishicha, vaksina 12-17 yoshli bolalarda ham xuddi kattalardagi kabi antitanalar javobini hosil qilgan.
Bundan tashqari, vaksina olgan 2 163 nafar bolaning hech birida COVID-19 rivojlanmagan.
«Ushbu natijalar Spikevax 12-17 yoshli bolalar uchun ham birdek samarali degan xulosaga kelish imkonini beradi», — deyiladi agentlik xabarida.