08:59 / 26.07.2021
6605

Yevropa davlatlarining mahbuslar soni bo‘yicha reytingi e'lon qilindi

Foto: Unsplash

Istanbul jinoyat huquqi akademiyasi xodimlari Yevropaning turli davlatlarida 100 ming aholiga to‘g‘ri keluvchi mahbuslar bo‘yicha statistikani tahlil qilib chiqishdi. Olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, antireytingda Belarus yetakchilik qilmoqda.

Belarusda 100 ming aholiga 354 mahbus to‘g‘ri keladi. 2-o‘rinni Turkiya (335 mahbus) va 3-o‘rinni Rossiya (331 mahbus) egallamoqda.

Yevropa davlatlari ichida 100 ming aholiga mahbuslar soni bo‘yicha eng past ko‘rsatkichga Islandiya (33 mahbus) va Norvegiya (49 mahbus) ega.

Bundan tashqari, Ukrainada ushbu ko‘rsatkich 100 ming aholiga 148 mahbusni, Polshada 181 mahbusni, Vengriyada 169 mahbusni, Ruminiyada 116 mahbusni, Moldova va Slovakiyadda mos ravishda 182 va 190 mahbusni tashkil qilar ekan.

Shuningdek, Monakoda bor-yo‘g‘i 21 kishi, San-Marinoda esa 6 kishigina panjara ortida saqlanar ekan. Vatikanda esa birorta ham mahbus yo‘q.

Mavzuga oid
Top