10:03 / 27.07.2021
12481

28 iyul kuni kutilayotgan ob-havo ma'lumoti

Gidrometeorologiya xizmati markazi ertaga, 28 iyul kuni qanday ob-havo kutilayotganini ma'lum qildi.

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23-25 daraja, kunduzi 36-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s kuchayadi, ba'zida changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s kuchayadi, ba'zida changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 39-44 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s kuchayadi, ba'zida changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s kuchayadi, ba'zida changli bo‘ron bilan 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23-28 daraja, kunduzi 35-40 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-27 daraja, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlari. Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba'zi joylarda o‘zgarib turadi,  yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s kuchayadi, 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja issiq bo‘ladi.

Top