12:00 / 27.07.2021
7813
Reklama

“Gumbaz” qurilish mollari majmuasi bilan ham uy qurish, ham avtomobilli bo‘lish mumkin!

“Gumbaz” bozori o‘z xaridorlariga “Cobalt” sovg‘a qildi.

24 iyul kuni “Gumbaz” qurilish mollari bozori xaridorlari o‘rtasida “Cobalt” avtomobili sovrindori aniqlandi.

Joriy yilning 31 mart kuni ochilgan “Gumbaz” qurilish mollari bozori xaridorlar uchun «Cobalt» avtomashinasini yutib olish imkoniyatini taqdim etgan edi. Buning uchun bozordan har 1 millionlik xarid uchun bittadan chek berilib, xaridorlar ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Aprel oyi boshida e'lon qilingan aksiya 22 iyulga qadar davom etdi. 24 iyul kuni aksiyaning ilk g‘olibi aniqlandi.

Ishtirokchilar ko‘z o‘ngida lototrondan tanlab olingan tasodifiy raqam orqali Toshkent shahrida yashovchi Baxtiyor Toshmuhamedov “Cobalt” avtomobilini yutib oldi.

“Men uchun kutilmagan voqea bo‘ldi. Ochig‘ini aytganda, ishonmagandim bunday bo‘lishiga. Hozirgi hayajonimni ifodalashga so‘z topolmayapman. “Gumbaz”dan uyimning qurilishiga 4 millionlik qurilish mollari xarid qilib, 5 ta chek olgandim. Bozor ma'muriyatiga va aksiya tashkilotchilariga minnatdorchilik bildiraman. Bundan keyin ham faqat shu yerdan xarid qilaman”, dedi yutuq sohibi.

“Cobalt” shu yerning o‘zida “Gumbaz” savdo majmuasi direktori Ibrohim Abdug‘aniyev tomonidan o‘z egasiga topshirildi.

Direktor majmuada bunday aksiyalar davom etishini ma'lum qildi.

“Bu aksiya hali oxirgi ham emas. 1 avgustdan yangi aksiyaga start berilishi arafasida turibmiz. Biz o‘z xaridorlarimizga hamyonbop va sifatli mahsulotlar bilan birga sovg‘alar ham berishni xohlaymiz”, dedi bozor direktori.

“Gumbaz” qurilish mollari majmuasi o‘z xaridorlarini mamnun qilish maqsadida 1 avgustdan 31 dekabrga qadar davom etadigan yangi aksiya e'lon qiladi. Bu gal aksiyada 2 ta “Spark” avtomobili bilan birgalikda bozor mijozlariga maishiy texnika: 5 ta televizor, 5 ta muzlatkich, 5 ta mikroto‘lqinli pechlar taqdim etiladi.

“Gumbaz” bozori xaridorlar uchun imkoniyatlar ochadi: biz bilan qurilish asnosida avtomobilli yoki maishiy texnikali bo‘lish mumkin!

«Gumbaz» bozoriga tashrif buyurmoqchi va kerakli qurilish materiallarini sotib olmoqchi bo‘lgan xaridorlar uchun:

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Ohanrabo ko‘chasi 7.

Ma'lumot uchun:

+99897 267 77 77

+99897 147 00 81

Elektron pochta manzili: gumbazstroy@gmail.com

Veb-sayt: www.gumbaz.uz

Instagram: @gumbaz.uz

Facebook: fb.com/gumbaz.uz/

Telegram: t.me/Gumbaz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top