O‘zbekiston Respublikasining demografik ko‘rsatkichlari raqamlarda e'lon qilindi. Davlat statistika qo‘mitasi tegishli ma'lumotni taqdim etdi.
Qo‘mita ma'lumotlariga ko‘ra, 2021 yilning 1 iyul holatiga respublikaning demografik ko‘rsatkichlari statistik raqamlarda quyidagicha ko‘rinish oldi:
- aholi soni – 34,9 mln kishi;
- ayollar soni – 17,3 mln kishi;
- erkaklar soni – 17,6 mln kishi;
- shaharda yashovchilar – 17,7 mln kishi;
- qishloqda yashovchilar – 17,2 mln kishi;
- tug‘ilish soni – 390,7 ming kishi;
- o‘limlar soni – 79,7 ming kishi;
- ko‘chib kelgan – 147,2 ming kishi;
- ko‘chib ketgan – 156,8 ming kishi;
- nikohlar soni – 119,0 mingta;
- ajrimlar soni – 19,4 mingta.
Avvalroq, O‘zbekistonda doimiy aholi soni qariyb 35 mln kishiga yetgani xabar berilgandi.