17:56 / 27.07.2021
16103

Toliblar Kobul va uning atrofidagi viloyatlarni elektrsiz qoldirdi

Afg‘onistonda elektr uzatish liniyalari tayanchlari tez-tez jangarilarning nishoniga aylanadi.

"Tolibon" harakati jangarilari Bog‘lon viloyatida elektr uzatish liniyalari tayanchlarini portlatib, Kobul va uning atrofidagi viloyatlarni elektrsiz qoldirdi. Bu haqda "Breshna" milliy energetika kompaniyasi xabar berdi.

"Kobul va qator viloyatlarga import qilinayotgan elektr energiyasi Bog‘lon viloyatidagi Kelagay aholi punkti hududidagi elektr uzatish liniyalari tayanchlariga zarar yetganligi sababli uzilib qoldi. Texnik xodimlar vaziyat yaxshilanishi bilan muammoni hal qilishga urinadi", - deyiladi xabarda.

Afg‘oniston elektr energiyasini Tojikiston, O‘zbekiston va Turkmanistondan import qiladi.

Elektr uzatish liniyalari tayanchlari tez-tez jangarilarning nishoniga aylanadi.

Afg‘oniston armiyasi matbuot markazining xabar qilishicha, o‘tgan sutkada 187 nafar jangari yo‘q qilingan. Kunar, Logar, G‘azni, Xost, Kandagar, Uruzg‘on, Faryob, Balx, Juzjon, Samangan, G‘ilmind, Tohar, Qunduz, Bog‘lon va Kapisa viloyatlarida faol jangovar harakatlar amalga oshirilgan.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top