21:11 / 29.07.2021
51273

Huawei yangi smartfonlarini namoyish etdi

P50 smartfoni Kirin 9000, P50 Pro smartfoni esa Snapdragon 888 protsessorida ishlaydi.

Huawei kompaniyasi flagman smartfonlarini namoyish etdi, deb xabar bermoqda GSM Arena.

Kompaniya Kirin va Snapdragon protsessorlari o‘rnatilgan P50 va P50 Pro smartfonlarini taqdim etdi. P50 smartfoni Kirin 9000, P50 Pro smartfoni esa Snapdragon 888 protsessorida ishlaydi.

P50 6,5 dyuymli OLED-ekranga ega. Unga Leica kompaniyasining uchta kamerasi o‘rnatilgan. Kamera obektivlari 50, 12 va 13 megapikselga teng. Qurilma sakkiz gigabayt tezkor va 128 gigabayt doimiy xotiraga ega. Smartfon batareyasi sig‘imi 4100 milliamper-soatni tashkil etadi.

Shuningdek, gadjet IP68 standarti bo‘yicha chang va suvdan himoyalangan, old kamerasi 13 megapikselga teng. 

P50 Pro 6,6 dyuymli OLED-ekran bilan jihozlangan. Uning tezkor xotirasi 12 gigabayt va doimiy xotirasi 512 gigabaytga teng. Smartfon uchta kamera bilan jihozlangan bo‘lib, obektivlari 50, 64 va 40 megapikselni tashkil etadi. Uning akkumulyatori sig‘imi 4360 milliamper-soatga teng.

P50 695 dollar, P50 Pro 925 dollar deb baholanmoqda. Qurilma avgustda sotuvga chiqadi.

Mavzuga oid
Top