Ma'lumot berilishicha, shtabga granatomyot va artilleriya yordamida hujum qilingan.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg‘onistonning Hirot shahridagi shtabiga amalga oshirilgan hujumni qoraladi.
BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi xabariga ko‘ra, hujum oqibatida bir nafar politsiyachi halok bo‘lgan va bir necha ofitser yaralangan.
Ma'lumot berilishicha, shtabga granatomyot va artilleriya yordamida hujum qilingan.
"Ushbu hujumni amalga oshirganlar aniqlanishi va javobgarlikka tortilishi lozim", - dedi missiya rahbari Debora Layons.
Shuningdek, xabar qilinishicha, hujum amalga oshirilgan hududda toliblar va hukumat qo‘shinlari o‘rtasida janglar bo‘lib o‘tgan.