23:26 / 06.08.2021
31583

Koronavirus qanday sharoitda organizmni zararlay olmasligi ma'lum qilindi

Koronavirus odam grippga chalingan vaqtda uning organizmini zararlay olmaydi. Bu haqda Rossiyaning N.A.Semashko nomidagi “RJD-Meditsina” klinik shifoxonasining statsionari rahbari, kardiolog Zaur Shugushev ma'lum qildi.

Foto: RIA Novosti

Mutaxassisning ta'kidlashicha, rinovirus o‘pkani zararlagan bo‘lsa, koronavirus uning to‘qimalari orqali o‘ta olmaydi.

Shu bilan birga, ikkala virus bilan bir vaqtda kasallanish ehtimoli bor, biroq bu kamdan kam holatda yuz beradi. Bunday holatda kasallik og‘irroq kechadi, ya'ni odam uni og‘irroq o‘tkazadi.

Shugushevning fikricha, koronavirus grippni siqib chiqara olmaydi. Koronavirus pandemiyasi vaqtida gripp bilan kasallanishning bir nechta yuqori darajasi qayd qilingan.

“Uning kasallanishlar strukturasidagi ulushi qanday bo‘lsa, shundayligicha qoladi. Bu taxminan 10 foizni tashkil qiladi”, deb ta'kidlab o‘tgan shifokor.

Top