14:56 / 10.08.2021
11383

Isroilda koronavirus yuqtirish holatlari bo‘yicha rekord ko‘rsatkich qayd etildi

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, kasallikning og‘ir kechish holatlari soni ham o‘sgan.

Isroilda oxirgi sutkada koronavirus yuqtirish holatlari soni 5140 dan ortiq. Bu fevral oyidan buyon qayd etilgan rekord ko‘rsatkich hisoblanadi, deb yozadi The Times of Israel.

Oxirgi bor 14 fevralda kasallik aniqlanish holatlari 5 mingdan oshgan, 24 soat ichida 5190 ta holat qayd etilgandi.

Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligining ma'lumot berishicha, kasallikning og‘ir kechish holatlari soni ham o‘sgan.

“Yangi choralar joriy etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqdamiz. Ommaviy tadbirlarni to‘xtatmoqchimiz”, - dedi Isroil sog‘liqni saqlash vaziri Nitsan Gorovits.

Isroilda shu kunga qadar kasallik yuqtirganlar soni 906 mingdan oshgan, 6,5 mingga yaqin bemor vafot etgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining 67 foizdan ortig‘i koronavirusga qarshi emlangan.

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top