18:35 / 17.08.2021
46276

Eldor Shomurodov Rimda Roberto Di Matteoning uyini ijaraga oldi (+foto)

«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov Rim markazida ko‘rkam uyni ijaraga oldi. 2 ming kvadratga yaqin maydonga ega uyda kattagina basseyn, parkovka va 5 ta yotoqxona mavjud.

Tribuna.uz muxbirining aniqlashicha, oshxonasidan basseynga chiqish mumkin bo‘lgan bu uy «Chelsi» bilan YeChLda g‘olib bo‘lgan murabbiy Roberto Di Matteoga tegishli. Sobiq futbolchi bu uyni «Latsio»da o‘ynagan vaqtida sotib olgan.

Shomurodov shu vaqtgacha mehmonxonada qolayotgandi va futbolchi oilasi bilan o‘zini erkin his qilishi uchun kvartira emas, hovli ijaraga olishga qaror qilgan.

Ma'lumot uchun, Eldor Shomurodov joriy transfer oynasi vaqtida 17,5 million yevro evaziga «Jyenoa»dan «Roma»ga o‘tdi. Uning yillik maoshi 2 million yevro ekani aytilgandi.

Top