07:59 / 18.08.2021
8916

O‘zbekistonda xorijliklar bilan qayd etilgan nikohlar soni aytildi

333 nafar O‘zbekistonda doimiy yashovchi fuqarolar xorijliklar bilan nikohdan o‘tgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma'lum qildi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2021 yilning yanvar-iyun oylarida respublikada 119 mingta nikoh holatlari qayd etilgan.

Xorijiy davlatlarda doimiy yashovchi fuqarolar bilan qayd etilgan nikohlar soni quyidagicha:  

  • 133 nafar erkaklar;
  • 200 nafar ayollar.
Top