22:02 / 19.08.2021
10430

Xitoy hongkongliklarni pensiyasiz qoldirdi

Qayd etilishicha, mamlakatni Britaniya pasporti bilan tark etmoqchi bo‘lganlarga hisobraqamlaridagi mablag‘larini olishda rad javobi berilmoqda.

Xitoy Hongkongga nisbatan bosim o‘tkazishda davom etmoqda va shahar aholisini emigratsiya qilganda pensiya jamg‘armasini olish imkoniyatidan mahrum qildi, deb yozadi Bloomberg.

Qayd etilishicha, mamlakatni Britaniya pasporti bilan tark etmoqchi bo‘lganlarga hisobraqamlaridagi mablag‘larini olishda rad javobi berilmoqda.

Britaniya hukumati Hongkongda 1997 yilgacha tug‘ilganlarga British National (Overseas) yoki BN (O) pasporti bilan Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tishni taklif qilgandi.

Pekin bunga javoban bu pasportlarni rasmiy hujjat sifatida tan olishni to‘xtatdi. Hongkong pensiya jamg‘armasi ushbu pasport shahardan ketish huquqini bermasligini, mos ravishda ulardan jamg‘armadagi mablag‘larni olishda foydalanib bo‘lmasligini ma'lum qildi.

Endilikda HSBC, Manulife, AIA va Sun Life kabi trast vazifasini bajaruvchi kompaniyalar BN (O) pasporti bilan Buyuk Britaniyaga ko‘chib ketganlarga mablag‘larini bera olmaydi. Natijada bu davlatga ko‘chib ketgan ko‘plab hongkongliklar pulsiz qoldi.

Britaniya hukumati 300 mingdan ortiq hongkonglik shaharni tark etish uchun BN (O) pasportidan foydalanishini kutmoqda. 2021 yilning birinchi choragida viza olish uchun 30 mingga yaqin ariza ana shu pasport bo‘yicha berilgan.

2021 yil iyun holatiga Hongkongni 89200 kishi tark etgan.

Top