19:06 / 27.08.2021
6764

Ekopartiya raisi: “Biz saylovga g‘alaba uchun kirdik”

O‘zbekiston Ekologik partiyasi raisi Narzullo Oblomurodov partiya prezidentlik saylovida g‘alaba qozonish uchun qatnashayotganini aytdi.

Ekopartiyaning 27 avgustdagi qurultoyida partiya raisi Narzullo Oblomurodov prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi. U tadbirdan so‘ng jurnalistlar savollariga javob berdi, deya xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

“Ekologik partiya prezidentlik saylovida munosib ishtirok etishni maqsad qilgan. Saylovda eng muhimi – xalqimizning ishonchiga kirish va xalqimizning ko‘proq ovoziga erishish. Shu boisdan saylovoldi dasturimizdagi barcha 7 ta yo‘nalishlar bo‘yicha ham o‘z ishlarimizni amalga oshiramiz.

Biz, albatta, saylovga g‘alaba uchun kirib kelyapmiz. Agar kuchimizga, imkoniyatimizga ishonmaganimizda, eng muhimi – xalqimizning ekologiyaga e'tiboriga ishonmaganimizda, bu qadamlarni qo‘ymagan bo‘lardik”, – dedi Oblomurodov.

Mavzu
Saylov-2021
Saylov qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartishlarga ko‘ra saylovlar oktyabr oyi uchinchi o‘n kunligining birinchi yakshanbasida o‘tkazilishi belgilandi. 2021 yilgi prezidentlik saylovi 24 oktyabrga to‘g‘ri kelmoqda.
Barchasi
Top