23:37 / 02.09.2021
8729

AQShda “Ida” dovuli 22 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Foto: EPA

Nyu-York va Nyu-Jyersi shtatlarida “Ida” dovuli sababli kamida 22 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Ikkala shtatda ham davomli yomg‘irlar va toshqinlardan keyin favqulodda vaziyat rejimi e'lon qilindi, deb xabar berdi NBC telekanali.

Mahalliy hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, Nyu-York shtatida 8 kishi, Nyu-Jyersida 14 kishi dovul qurboni bo‘lgan.

AQShning milliy meteorologiya xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, Nyu-Yorkdagi markaziy bog‘da yog‘ingarchilik miqdori 94 yillik rekordni yangiladi. Nyuarkda esa 62 yillik rekord yangilandi.

To‘rtinchi xavflilik darajasidagi “Ida” dovuli Luiziana shtatiga 29 avgustda yopirilgandi. Uning oqibatida 6 kishi halok bo‘lgandi. Milliondan ko‘proq odam elektr ta'minotisiz qolib ketgandi.

Top