21:43 / 02.09.2021
7748

Germaniya O‘zbekistonga 10 ming doza Casirivimab/Imdevimab preparatini yubordi

Germaniya O‘zbekistonga insonparvarlik yordami tariqasida 10 ming doza Casirivimab/Imdevimab kombinatsiyalangan preparatini yubordi.

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

2 sentyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportida dori vositasini qabul qilib olish tadbiri bo‘lib o‘tdi, deya xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Tadbirda SSV mas'ullari, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimlari va jurnalistlar qatnashdi.

Qayd etilishicha, Shveytsariyaning "Roche" farmatsevtika kompaniyasi ishlab chiqargan Casirivimab/Imdevimab COVID-19 ga qarshi sun'iy “antitanachalar kokteyl”i bo‘lib, hozirda preparat virusning yangi shtammlariga chidamli yagona preparat hisoblanadi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, preparat kasalxonaga yotqizish va koronavirusdan o‘lim darajasini 70 foizga kamaytirgani va kasallik alomatlarining davomiyligini 14 kundan 10 kungacha qisqartirgani aytilmoqda.

Mavzu
Koronavirus O‘zbekistonda
15 mart kuni O‘zbekistonda koronavirusga chalingan ilk bemor aniqlandi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top