08:18 / 02.09.2021
72381

Panjsherdagi to‘qnashuvlarda toliblarning 300dan ko‘proq vakili halok bo‘ldi - OAV

Afg‘onistonning Panjsher viloyatida toliblar va qarshilik kuchlari o‘rtasida borgan to‘qnashuvlarda 300dan ko‘proq tolib halok bo‘ldi. Bu haqda qarshilik kuchlariga yaqin manba TASS axborot agentligiga xabar berdi.

Panjsher qarshilik kuchlari / Foto: AFP

“Kecha kechki payt “Tolibon”ning Panjsherga kirishga urinishi vaqtida 300dan ko‘proq jangari halok bo‘ldi. Yana bir necha o‘nlab jangarilar jiddiy jarohatlandi yoki asirga olindi”, deb ma'lum qilgan manba.

Ta'kidlanishicha, ayni vaqtda jangovar harakatlar davom etmoqda, toliblar qarshilik kuchlarining mudofaasini yorib o‘tolmagan va orqaga chekinishga majbur bo‘lmoqda.

1 sentyabrda “Tolibon” tomonidan Panjsherga gubernator etib tayinlangan Amir Xon Muttaqiy o‘tgan hafta qarshilik kuchlari bilan boshlangan muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganini ma'lum qilgan.

Panjsherdagi qarshilik kuchlari toliblar katta yo‘qotishlarga uchrayotgani va chekinayotganini ma'lum qilgan. Ular “Tolibon” Panjsherda 6ta avanpostni egallab olgani haqidagi xabarlarni rad etmoqda.

“Toliblar haqiqatan ham kechadan beri Panjsherga kirishga urinmoqda, biroq buning uddasidan chiqa olmayapti. Ular birorta avanpostni egallay olmagan. Toliblar katta yo‘qotishlarga uchramoqda va chekinishga majbur bo‘lmoqda”, deb ma'lum qilgan manba.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top