09:12 / 03.09.2021
1598

Samarqandda Kamaz yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida Kamaz yuk mashinasida yong‘in sodir bo‘lgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 2 sentabr kuni soat 13:00larda M37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi xalqaro avtomobil yo‘lining Kattaqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan 77-kilometrida Kamaz rusumli transport vositasida yong‘in sodir bo‘lgan.

Qayd etilishicha, yong‘in FVB yong‘in o‘chirish xodimlari tomonidan zudlik bilan bartaraf qilingan. Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va halok bo‘lmagan. Faqat transport vositasining kabina qismiga moddiy zarar yetkazilgan.

Ta'kidlanishicha, hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Top