21:32 / 05.09.2021
13748

Oq uy Afg‘onistonda yuzga yaqin amerikalik qolayotganini ma'lum qildi 

Foto: Reuters

AQSh Kobul aeroportida aviaaloqa yaqin kunlarda tiklanib, Afg‘onistonda qolayotgan amerikaliklar mamlakatni tark eta olishiga umid bildirmoqda. Bu haqda Oq uy vakili Ron Klayn CNN telekanali efirida aytib o‘tdi.

“Bizningcha, Afg‘onistonda yuzga yaqin amerikalik qolmoqda. Biz o‘zi haqida ma'lum qilgan barcha bilan muntazam aloqada bo‘lib turibmiz. Yaqin kunlarda Qatar Kobuldan aviaaloqani yana yo‘lga qo‘yishiga umid qilmoqdamiz. Agar ular buning uddasidan chiqishsa, unda amerikaliklar Afg‘onistondan uchib keta olishini istaymiz”, deb aytgan Klayn.

Avvalroq Oq uy ba'zi amerikaliklar Afg‘onistonni tark etishni istamayotganini ma'lum qilgandi. Bunga sabablardan biri ularning Afg‘onistonda qarindoshlari borligi hisoblanadi.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top