12:31 / 06.09.2021
4587

Denovda qariyb 100 gramm giyohvand moddani o‘ttiz million so‘mga sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Surxondaryo viloyati Denov tumanida qariyb 100 gramm giyohvand moddani o‘ttiz million so‘mga sotayotgan shaxs qo‘lga olingan. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.

2021 yil 26 avgust kuni, Denov tumani IIB Jinoyat qidiruv bo‘limi, viloyat DXX va bojxona xodimlari tomonidan tumanning Namozgoh mahallasi hududida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Tadbir davomida tumanning O‘rikzor mahallasida yashovchi, I.Farhod mijozga 11 dona sellofan paketlarga joylangan 90,11 gramm opiy giyohvand moddasini 30 million so‘mga sotayotgan vaqtda ushlangan. Giyohvand modda ashyoviy dalil sifatida olingan.

Qayd etilishicha, joriy yil 28 avgust kuni I.Farhodga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top