13:17 / 06.09.2021
25970

Toshkentda 3ta mashinaning o‘zaro to‘qnashuvidan keyin haydovchilar orasida mushtlashuv yuz berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda uchta avtomobil - «Matiz», «VAZ 2107» va «Spark» avtomobillari to‘qnashuvi va haydovchilar orasidagi mushtlashuv videosi tarqaldi. Toshkent shahar IIBB mazkur holat bo‘yicha ma'lumot berdi.

Qayd etilishicha, 2021 yil 2 sentyabr kuni soat 11:50da Bektemir tumani Oltintopgan ko‘chasida «Matiz» rusumli avtomobil haydovchisi B.R., B.K. boshqaruvidagi «VAZ 2107» rusumli avtomobil uchun avariyaviy holat yuzaga keltirgan. 

Natijada, yuqoridagi avtomobillar va S.X. boshqaruvidagi «Spark» avtomobili to‘qnashuvi yuz bergan. «VAZ 2107» avtomobili to‘xtagach, «Matiz» va «Spark» avtomobillari haydovchilari «VAZ 2107» haydovchisiga tan jarohatlari yetkazishgan.

“Kelishmovchilikka 1990 yilda tug‘ilgan B.K. va 1985 yilda tug‘ilgan B.R. orasidagi qarz munosabatlari sabab bo‘lgan”, deyiladi IIBB xabarida.

Holat tafsilotlari Bektemir tumani IIO FMB xodimlari tomonidan o‘rganilayotgani, tergovoldi tekshiruvi natijasiga ko‘ra qonuniy chora ko‘rilishi aytilgan.

Top