09:38 / 07.09.2021
1556

Surxondaryoda Spark’ni Cobalt’ga almashtirib berishini aytib firibgarlik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryo viloyati Termiz tumanida Spark mashinasini Cobalt’ga almashtirishni va'da berib firibgarlik qilgan shaxsga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, 2021 yil 31 iyul kuni Termiz shahrida yashovchi, N.Sherzod Termiz tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U murojaatida 2020 yil yanvar oyida o‘ziga tegishli Spark mashinasini, tanishi, Termiz tumanida yashovchi, Q.Salohiddin Cobalt rusumli mashinaga almashtirib berishini va'da qilib, olib ketgani va mashinani sotib, pullarini o‘zining ehtiyoji uchun ishlatib yuborganini ma'lum qilgan.

Qayd etilishicha, 27 avgust kuni Q.Salohiddinga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi «a» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Top