22:28 / 09.09.2021
8815

Hakerlar BMT kompyuter tarmog‘ini buzib kirgani ma'lum qilindi

Foto: Depositphotos

2021 yil boshida hakerlar BMTning kompyuter tarmog‘ini buzib kirishgan. Bloomberg axborot agentligi manbalarining ta'kidlashicha, hakerlar tarmoqni buzib kirishda BMT xodimlaridan birining darknetda joylashtirilgan ma'lumotlaridan foydalanishgan. 

Axborot xavfsizligi sohasida ishlovchi Resecurity kompaniyasi ma'lumotlariga ko‘ra, hakerlar BMT kompyuter tarmog‘ini buzib kirishga birinchi urinishni 5 aprelda amalga oshirishgan. Kompaniyaning ta'kidlashicha, jinoyatchilar qo‘lga kiritgan ma'lumotlar obro‘sizlantiruvchi materiallar sifatida BMT muassasalari va xodimlariga qarshi qo‘llanishi mumkin.

“BMT kabi tashkilotlar kiberjosuslik uchun doim o‘ta ahamiyatli nishonlardan biri bo‘lgan”, deb aytgan Resecurity bosh ijrochi direktori Djin Yu.

Positive Technologies kompaniyasi olib borgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, 2021 yil 2-chorakda dunyoda hakerlik hujumlari soni 1-chorakka nisbatan 0,3 foizga oshgan. Tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, hakerlarning asosiy “quroli” zararli dasturlar hisoblanadi.

Top