11:53 / 10.09.2021
8243

OKMK korxonasi yillik rejani muddatidan avval bajardi

Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining Nodir metallar va qattiq qotishmalar bo‘yicha ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi bir necha yo‘nalishlarda 2021 yil uchun belgilangan rejaviy vazifalarni muddatidan oldin bajarishga erishdi.

 Korxonada 2021 yil yanvar-avgust holatiga ko‘ra, 212,5 mlrd so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.  O‘tgan yilning shu davriga o‘sish sur'ati esa 107 foizga yetkazilib, reja 170,9 foizga bajarilgan. 2021 yilda korxona  mehnat jamoasi oldiga 188,9 mlrd so‘mlik  sanoat mahsuloti ishlab chiqarish vazifasi qo‘yilgan edi. Bu yo‘nalishda yillik vazifa muddatidan avval bajarildi.

Shuningdek, o‘tgan sakkiz oyda 109,5 mlrd so‘mlik tovar mahsulotlari ishlab chiqarish belgilangan edi. Amalda esa 197,6 mlrd so‘mlik mahsulot tayyorlanib, reja 180,5 foizga uddalangan. E'tiborli jihati bu yo‘nalishda ham yillik reja muddatidan oldin bajarilgan. 2021 yilda bashorat ko‘rsatkichi bo‘yicha 163,9 mlrd so‘mlik tovar mahsuloti ishlab chiqarish belgilangan edi.

815,6 tonna molibden 3 oksidi ishlab chiqarilib, rejaviy vazifa 122,9 foizga ado etilganini alohida ta'kidlash joiz. Shuningdek,  molibdenni shtabik va briketlarda ishlab chiqarish bo‘yicha 527,2 tonnalik natija qayd etilib, reja 120,7 foizga bajarilgan. O‘sish sur'ati esa 112,5 foiz bo‘lgan.

O‘tgan sakkiz oyda 91,8 tonna molibden metali tayyorlanib, reja 117,5 foizga ado etilgan holda yillik reja muddatidan avval bajarilgan. 2021 yilda 78,2 tonna molibden metali tayyorlash vazifasi yuklatilgan edi.

 Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar eksportida ham salmoqli natijalar qayd etilmoqda. Xususan, o‘tgan davrda 16,46 mln dollarlik mahsulot eksporti amalga oshirilib, reja 231,6 foizga uddalangani diqqatga  sazovor. O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish  sur'ati esa 188,8 foizga yetkazilgan.  Bu yo‘nalishda ham yillik reja oshig‘i bilan bajarilgan. 2021 yilda mehnat jamoasi oldiga 12,19 mln dollarlik mahsulot eksport qilish vazifasi qo‘yilgan edi.

Xorijlik importyorlarga 510,14 tonna molibden shtabigi va briketlari yuborilib, bu yo‘nalishda reja 134,2 foizga bajarilgan.

Volfram shtabigi va briketlari eskporti yillik rejasi ham muddatidan oldin bajarildi. 2021 yilda 38 tonna ushbu mahsulot eksport qilinishi kerak edi. O‘tgan sakkiz oyning o‘zida  38,3 tonna mahsulot xorijlik iste'molchilarga yetkazib berildi.

Kombinatda olib borilayotgan mahalliylashtirish dasturida ham mazkur korxonada qator yutuqlarga erishilmoqda.

Korxonada dastur doirasida jami bo‘lib 32ta loyiha amalga oshirilib, 37551,1 mln so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan holda reja 107,8 foizga bajarilgan.

Ma'lumot o‘rnida shuni aytish mumkinki, mazkur korxonada asosan qattiq qotishmali ehtiyot qismlar va nodir metallar tayyorlanadi. Tayyorlanayotgan mahsulotlar eksportga yo‘naltirilgan. Shuningdek, korxona qoshida O‘zbek-Koreys ilmiy texnologik markazi ham faoliyat yuritib keladi.

OKMK Axborot xizmati 

Mavzuga oid
Top