17:51 / 11.09.2021
17148

Kobulda talaba qizlar yigitlardan alohida o‘qishni qo‘llab-quvvatlab namoyishga chiqdi

Yangi o‘quv yili arafasida toliblar universitet va kollejlarda o‘qiydigan ayol-qizlarga ta'lim dargohiga niqobda kelish talabini qo‘ygandi.

Foto: TOLOnews

Kobulda universitet va madrasalarda o‘qiydigan qizlar yangi hukumatning erkak va ayollarning alohida tarzda o‘qitilishi to‘g‘risidagi qarorini qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘tkazdi.

Tolo News telekanali namoyish etgan lavhalarda an'anaviy qora kiyimga burkangan talaba qizlar tasvirlangan.

Avvalroq Afg‘onistonning qator shaharlarida ayollar hukumatdan teng huquqlilik va hokimiyat tizimida ishlashga ruxsat so‘rab namoyishga chiqqandi.

Yangi o‘quv yili arafasida toliblar universitet va kollejlarda o‘qiydigan ayol-qizlarga ta'lim dargohiga niqobda kelish talabini qo‘ygandi. Shu bilan birga, erkak va ayollar alohida o‘qitilishi belgilangan. Alohida xonalarda o‘qitishning imkoni yo‘q bo‘lganda esa ayollar va erkaklar o‘rtasiga parda tutilishi lozim.

Top