11:52 / 13.09.2021
10501

Shimoliy Koreya yangi turdagi raketa sinovini o‘tkazdi

O‘tgan dam olish kunlari Shimoliy Koreya uzoq masofalarga mo‘ljallangan yangi turdagi qanotli raketa sinovini o‘tkazgan. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligiga tayanib Yonhap axborot agentligi xabar berdi.

“Raketaning turli qismlari, dvigatellari, boshqaruv va nishonga olish tizimlari, jangovar kallagi sinovlari muvaffaqiyatli o‘tkazildi”, deb aytilgan xabarda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, Pxenyan raketa ustida ishlarni oxirgi 2 yil davomida olib borgan. Ta'kidlanishicha, raketa katta imkoniyatlarga ega strategik qurol hisoblanadi.

Yangi raketalar 7580 soniya davomida Shimoliy Koreya va uning suv hududlari bo‘ylab uchgan va 1,5 ming kilometrdagi nishonni aniq mo‘ljalga olgan.

“Yangi raketaning ko‘rsatkichlari loyihaviy talabalarni qoniqtiradi”, deb aytilgan Shimoliy Koreya OAV xabarida. 

Mavzuga oid
Top