22:08 / 13.09.2021
6184

Shveytsariyalik olimlar ulkan lazer yordamida chaqmoqlarni qaytarishmoqchi 

Foto: Depositphotos

Jyeneva universiteti olimlari Alp tog‘laridagi cho‘qqiga ulkan lazerni olib chiqishdi va undan chaqmoq qaytargich sifatida foydalanishmoqchi.

CNN telekanalining xabar berishicha, lazer nuri momaqaldiroqli bulutlarda statistik zaryad hosil qilib, uning yordamida chaqmoq urishi yuz beradi.   

“Biz shu tariqa momaqaldiroqli bulutdagi kuchlanishni kamaytirib, yon-atrofdagi hududlarga chaqmoq urishining oldini olamiz”, deb aytgan olimlar guruhi yetakchisi, fizik Jan Per Volf.

Hozirda qo‘llanuvchi chaqmoq qaytargichlar qanday balandlikda o‘rnatilganidan qat'i nazar, uncha katta bo‘lmagan hududni chaqmoq urishdan himoyalaydi. Volfning ta'kidlashicha, uning nou-xausi ancha katta hududlarni himoyalash imkonini beradi.

Lazer Alp tog‘laridagi balandligi 2,5 ming metrga yetuvchi Sentis tog‘i cho‘qqisiga o‘rnatilgan.

“Bu Yevropada chaqmoq eng ko‘p uruvchi joylardan biridir. U yerda yiliga 100 dan 400 tagacha chaqmoq zarbasini qabul qiluvchi radiominora bor”, deya lazer o‘rnatish uchun nega aynan ushbu tog‘ tanlanganini tushuntirgan olim.

Top