18:54 / 14.09.2021
17968

Putin Tojikistonga bormaydi. U o‘zini yakkalash rejimiga o‘tgan

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tojikistonga bormaydigan bo‘ldi. U Shanhay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarining yetakchilari ishtirokidagi yig‘ilishda qatnashishi kutilayotgandi.

Putin o‘zini yakkalash rejimiga o‘tgan. Putinning o‘zi bunga shunday izoh berdi: «Atrofimda ishlaydigan bir necha kishi virus yuqtirgan. Men ulardan biri bilan kun davomida muloqotda bo‘lgandim. Shu sabab Tojikistonga safarni qoldirishga to‘g‘ri keladi», degan Putin.

Rossiya prezidentining Tojikistonga safari davomida ikki mamlakat o‘rtasida qator shartnomalar imzolanishi ham kutilayotgandi. Kreml rasmiy saytida Tojikiston va Rossiya prezidentining telefon suhbati haqida ma'lumot berilgan. Unda aytilishicha, Putin Imomali Rahmonga Tojikistondagi ShHT a'zo davlat rahbarlari yig‘ilishida onlayn tarzda ishtirok etishini ma'lum qilgan.

Biroz avval Vladimir Putin Suriya prezidenti Bashar Asad bilan Kremlda uchrashuv o‘tkazgandi. Bu uchrashuv 13 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan.

Top