23:46 / 15.09.2021
6145

Bayden koronavirusga qarshi qayta emlanishi aytildi

Jyen Psakining eslatishicha, mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot vazirligi mutaxassislari koronavirusga qarshi qaytadan emlanish zarurligi to‘g‘risida aytishgan.

Foto: REUTERS/Kevin Lamarque

AQSh prezidenti Jo Bayden imkoniyat paydo bo‘lishi bilan koronavirusga qarshi qaytadan emlanadi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jyen Psaki ma'lum qildi.

«Ha, bu jarayon ma'qullanishi bilanoq», — dedi Psaki.

U avgustda mamlakat sog‘liqni saqlash va ijtimoiy ta'minot vazirligi mutaxassislari koronavirusga qarshi qaytadan emlanish zarurligi to‘g‘risida aytishganini eslatib o‘tdi.

Ammo ushbu qaror hozirda AQSh oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish boshqarmasi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Avvalroq xalqaro olimlar guruhi koronavirusga qarshi qaytadan emlash nojo‘ya ta'sirlar keltirib chiqarishi mumkinligini bildirgandi.

Ularning fikricha, agarda buster doza (uchinchi emlatma) organizmga juda erta yoki juda tez kiritilsa, miokardit yoki Giyena-Barre sindromiga sabab bo‘lishi mumkin.

Mavzuga oid
Top