18:36 / 15.09.2021
16224

BMT Afg‘onistonga gumanitar yordam berish uchun O‘zbekistonda logistika markazini tashkil etdi

Ma'lumot berilishicha, «Tolibon» harakati gumanitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun sharoit yaratib berish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.

Foto: news.un.org

BMT Afg‘onistonga gumanitar yordam berish uchun O‘zbekistonda logistika markazini tashkil etdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

“Afg‘onistonda oziq-ovqat yordamiga bo‘lgan talab oshganligi sababli BMT Pokiston, Tojikiston va O‘zbekistondagi omborlarda birinchi ehtiyoj mahsulotlari zaxirasini ko‘paytirmoqda. Asosiy logistika markazi Termiz shahrida tashkil etildi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, BMT muassasalari Afg‘oniston viloyatlariga gumanitar yuklarni muvaffaqiyatli yetkazib bergan. 

Qayd etilishicha, Jyenevada bo‘lib o‘tgan konferensiya yakuniga ko‘ra, donor mamlakatlar afg‘onistonliklar ehtiyoji uchun bir milliard dollardan ortiq mablag‘ ajratishni va'da qilgan. Bu BMT so‘ragan miqdordan qariyb ikki baravarga ko‘pdir.

Shuningdek,  ma'lumot berilishicha, «Tolibon» harakati gumanitar operatsiyalarni amalga oshirish uchun sharoit yaratib berish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan.

Mavzu
AQShning Afg‘onistondan ketishi
AQSh Afg‘onistonda 20 yil davom etgan harbiy kampaniyasini tamomlamoqda. Toliblar esa mamlakat hududlarini birin-ketin egallab olmoqda.
Barchasi
Top