18:00 / 15.09.2021
6576

Moskva shahrida HOUSEHOLD EXPO 27-nooziq-ovqat mahsulotlari xalqaro sanoat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda

HOUSEHOLD EXPO xalqaro sanoat ko‘rgazmasi Rossiyadagi nooziq-ovqat mahsulotlarini to‘liq namoyish etadigan nufuzli ko‘rgazma hisoblanadi. Bu ko‘rgazmada ilk bor “O‘zmetkombinat” AJ vakillari ham ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma «MOKKA Ekspo Grupp» MChJ, Mayyer kompaniyalari guruhi (UFI). Rossiya Federatsiyasi savdo sanoat palatasi va Rossiya ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar uyushmasi homiyligida tashkil etilgan.

Ushbu ko‘rgazmada kombinatimiz o‘zining sirlangan idishlari bilan qatnashmoqda. Mazkur ko‘rgazmada ishtirok etishdan maqsad kombinatimizda ishlab chiqarilayotgan sirlangan po‘lat idishlar eksporti geografiyasini kengaytirish.

Ko‘rgazmada mahsulotlarimizga Ukraina, Ozarboyjon, Moldova, Gruziya, Rossiya va Qirg‘iziston davlatlari tadbirkorlari tarafidan katta qiziqish bildirilmoqda. Ko‘rgazma 16 sentyabrga qadar «Krokus Ekspo» xalqaro ko‘rgazmalar markazining 2-pavilonida davom etadi. 

«O‘zmetkombinat» AJ Matbuot xizmati Ⓣ

Mavzuga oid
Top