13:25 / 15.09.2021
11666

Sizda Toshkent moliya institutining talabasi bo‘lish istagi bormi? Unda biz sizga yordam beramiz!

Toshkent moliya institutining “TMI-PDU” qo‘shma fakultetiga o‘qishga marhamat.

2019 yilda Toshkent moliya instituti hamda Belarus Respublikasining Polotsk davlat universiteti hamkorligida TMI-PDU qo‘shma fakulteti tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda ushbu fakultetda 200 ga yaqin talaba tahsil olmoqda. Abituriyentlarning talaba bo‘lish orzusini amalga oshirish maqsadida TMI-PDU qo‘shma fakultetiga hujjatlar qabuli davom etmoqda.

Fakultetda ta'lim jarayonlari rus tilida olib boriladi.

Hujjatlar http:sf-tfi-pgu.uz, http:tfi.uz saytlari orqali quyidagi ta'lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul qilinadi:

  • moliya va moliyaviy texnologiyalar;
  • bank ishi va audit;
  • buxgalteriya hisobi va audit;
  • biznes-tahlil;
  • elektron tijorat.

Kirish imtihonlari Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 iyuldagi 421-sonli qaroriga muvofiq 2 bosqichda test sinovlari shaklida olinadi. Test sinovlari rus tilida quyidagi fanlardan bo‘lib o‘tadi:

  • matematika;
  • ingliz tili;
  • rus tili va adabiyoti.

Nima uchun aynan qo‘shma fakultet?

Qo‘shma fakultetda o‘qish davomida bir o‘quv yilini Yevropada davom ettirish hamda ulkan tajriba va taassurotga ega bo‘lish imkoniyati hamda TMI-PDU qo‘shma fakultetini tamomlagan bitiruvchilarga:

  • Toshkent moliya instituti
  • Polotsk davlat universiteti

diplomlari beriladi.

Hujjatlar qabul qilish 2021 yil 15 sentyabrgacha davom etadi.

Manzil: Toshkent shahri A.Temur 60-A uy.

Veb-saythttp:sf-tfi-pgu.uzhttp:tfi.uz

📞 +99871 234 06 75

📞 +99871 234 01 36

Reklama huquqi asosida

Top