22:06 / 16.09.2021
28657

Kobuldagi tumanlardan biriga bir nechta raketa kelib tushdi

Raketalar elektrostansiya yaqinida joylashgan saxovat uyiga kelib tushgan.

Foto: Aamaj News

Kobuldagi Xayrxona tumaniga bir nechta raketa kelib tushdi, deb xabar berdi Aamaj News nashri.

Xabarda aytilishicha, raketalar elektrostansiya yaqinida joylashgan saxovat uyiga kelib tushgan.

Mahalliy aholining so‘zlariga ko‘ra, snaryadlar elektrostansiyaga ham tushgan bo‘lishi mumkin.

Qurbonlar va jarohatlangan to‘g‘risida hozircha ma'lumot berilmagan.

Mavzuga oid
Top