14:40 / 17.09.2021
7910

Ruslan Mirzayev ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqlandi 

Ruslan Mirzayev Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Qayd etilishicha, Dushanbeda o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotining sammitida davlat rahbarlari kengashi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi mas'ul xodimi Ruslan Mirzayev nomzodini Shanxay hamkorlik tashkiloti Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi ijroiya qo‘mitasi direktori lavozimiga tasdiqladi. 

Ma'lum qilinishicha, Ruslan Mirzayev o‘z vazifasini bajarishga 2022 yil 1 yanvardan kirishadi.

Top